QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI AMUDARYO TUMANIDA ICHKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

Keywords

ichki turizm, turizm salohiyati, Amudaryo tumani, rivojlanish strategiyasi, ekoturizm, infratuzilma, barqaror rivojlanish, Qoraqalpg‘iston Respublikasi

How to Cite

Adolat Qurolboy qizi , D. (2025). QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI AMUDARYO TUMANIDA ICHKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI. Advances in Science and Sustainability, 1(11), 6-8. https://doi.org/10.70728/susta.v01.i11.002

Abstract

Butun dunyo tajribasida turizm sohasi iqtisodiy o‘sishning muhim qismi, hamda har bir hududning ijtimoiy-madaniy rivojlanishini ta’minlovchi strategik yo‘nalishdir. O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish, ayniqsa ichki turizmni rivojlantirish davlat siyoyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Prezident farmon va qarorlarida belgilaganidek, turizm infratuzilmasini kengaytirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda yangi turistik marshrutlarni shakllantirish orqali mamlakatimizning har bir hududida aholi bandligini ta'minlash va yangi daromad manbalarini yaratish ko'zda tutilgan.Shu bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi noyob tarixiy merosi, Orol dengizi fojiasidan keyingi ekologik muammolar va madaniy xilma-xilligi bilan alohida ahamiyatga ega. Biroq, Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim tumanlari, jumladan, Amudaryo tumani, o'zining katta ichki turizm salohiyatiga qaramay, hali ham past darajada rivojlangan hududlar qatoriga kiradi. Tumanda joylashgan tarixiy obidalar, Amudaryoning tabiiy landshaftlari va mahalliy aholining madaniy an'analari ichki turizmni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyat yaratadi. Bu vaziyat Amudaryo tumanida ichki turizmni rivojlantirishga to'siq bo'layotgan infratuzilmaviy va marketing muammolarini ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilishni talab qiladi. Hozirgi kunda bu hududda turizm salohiyatini aniqlash, uni iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan baholash va amaliy takliflar ishlab chiqish bo'yicha  tadqiqotlar yetarli emas. Shu sababli, Amudaryo tumanida ichki turizmni rivojlantirishning ilmiy asoslangan mexanizmlarini ishlab chiqish mavzusi nazariy va amaliy jihatdan nihoyatda dolzarbdir.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining "Turizm to‘g‘risida"gi Qonuni. (Yangi tahriri). 2019-yil 18-dekabr, O‘RQ-549-son. (Barcha turizm ishlarining asosiy me'yoriy hujjati).

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni. 2019-yil 5-yanvar, PF-5611-son. (Turizm rivojlanishining strategik maqsadlari belgilangan asosiy farmon).

3. Abduvaliev A.A., Qobilov J.X. Turizm industriyasi iqtisodiyoti. Darslik. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2022. – 380 b. (Turizm iqtisodiyoti bo'yicha mahalliy asosiy darslik).

4. Xasanov D. I. Hududiy turizm salohiyatini baholashning nazariy asoslari // Iqtisodiyot va Moliya jurnali. – 2023. – № 4. – B. 65-72. (Hududiy salohiyatni baholash metodikasini qamrab oluvchi ilmiy maqola namunasi).

5. Butler R. W. The concept of a tourism area life cycle: A synthesis of experience // Canadian Geographer. – 1980. – Vol. 24. – P. 5–12. (Turizm sohasidagi eng fundamental nazariy ishlardan biri – Destinatsiya Hayot Sikli Modeli uchun).

6. UNT (Jahon Turizm Tashkiloti) rasmiy veb-sayti. Global Tourism Highlights 2024. (Global statistika va xalqaro tendensiyalarni asoslash uchun).

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.